Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning koinot stansiyasi bo‘laklari Yevropa hududiga qulashi mumkin
Foto: NASA
Yevropa koinot agentligi Xitoyga tegishli Tiangong-1 koinot stansiyasining atmosferada yonib ketmagan bo‘laklari Yevropa Ittifoqi hududiga qulashi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Shu tufayli agentlik koinot stansiyasining tushishi ortidan kuzatuv olib bormoqchi.
“Stantsiya orbitasining geometriyasi sababli uning biror bo‘laklari shimoliy kenglikning 43 gradusidan shimolroqda yoki janubiy kenglikning 43 gradusidan janubroqdagi hududlarga qulashini istisno qilishimiz mumkin”, deb aytgan agentlikning koinot chiqindilarini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i Xolger Krag.
Shimoliy kenglikdan janubroqda esa Yevropaning Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Bolgariya va Gretsiya kabi davlatlari joylashgan. “Bu esa kema bu kengliklardagi hududlar, misol uchun, Yevropaning bir nechta davlatlari hududiga qulashi mumkinligini anglatadi”, deb hisoblamoqda olim.
Ta'kidlanishicha, stansiyaning ba'zi bo‘laklari Yer sirtigacha yetib kelishi ehtimoli mavjud.
Tiangong-1 stansiyasi 12 metr uzunlikka, 3,3 metr diametrga ega bo‘lib, qurilmaning parvoz vaqtidagi og‘irligi 8506 kg ni tashkil qilgan. 2011 yil sentabrida orbitaga olib chiqilgan. YeKA ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy stansiya bilan 2016 yilda aloqani yo‘qotgan. Ayni vaqtda u 300 km balandlikdagi orbitada harakatlanmoqda. Qurilma 2018 yil yanvaridan martigacha pastlay boshlaydi, martda esa atmosferaning zich qatlamlariga kiradi.
Mavzuga oid
18:28 / 28.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
12:46 / 28.05.2026
Qattiq qo‘riqlanadigan panda, power bank olib kelgan robot: Chin yurtidagi sarguzashtlar
17:20 / 27.05.2026
Xitoyda Toshkent shahar drenaj tizimini rivojlantirish bo‘yicha 400 mln dollarlik kelishuvga erishildi
09:06 / 25.05.2026