Jahon | 23:11 / 07.11.2017
5360
1 daqiqa o‘qiladi

NATOning Afg‘onistondagi harbiylari 3 ming kishiga ko‘payadi

Foto: newsone.ua

Shimoliy Atlantika alyansi 2018 yilda Afg‘onistonda o‘zining nojangovar missiyasini 13 ming kishidan 16 ming kishigacha kengaytiradi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 8-9 noyabrda Bryusselda bo‘lib o‘tadigan alyansga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashi oldidan berilgan matbuot anjumanda ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar sonining oshirilishi afg‘on kuchlarining tayyorgarligi hamda mashg‘ulot o‘tkazishlarini ta'minlashga qaratilgan. “Biz bu kuchlarning taxminan yarmini AQSh, qolganlarini esa NATO bo‘yicha ittifoqdosh davlatlar taqdim etishilarini kutmoqdamiz”, deb  aytgan Stoltenberg.

NATO tarkibiga kiruvchi AQSh avgust oyida Afg‘onistondagi siyosatining yangi strategiyasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, amerikalik harbiylarning mamlakatdagi vakolatlari terrorchilikka qarshi kurashish maqsadida kengaytiriladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid