Jamiyat | 20:20 / 07.11.2017
22975
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonidagi voqealar «Taxtlar o‘yini» seriali bilan taqqoslandi

Foto: Sergey Karpuxin/Reuters

Qatarning Al-Jazeera telekanali Saudiya Arabistonidagi voqealarni «Taxtlar o‘yini» seriali bilan tenglashtirdi.

«4 noyabr, shanba kuni Saudiya Arabistonining «Qizil to‘yi» bo‘ldimi?», — deyiladi telekanalda.

Xabarda qayd etilishicha, voqealar rivoji Livan sobiq bosh vaziri Saad Haririyning bayonotidan keyin avj oldi. U o‘sha kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda edi va o‘zining iste'fosini ma'lum qildi. U bu qaroriga sabab sifatida «Livan ichki ishlariga xorij davlatlari aralashuvi ortidan o‘zi ham xuddi otasi Rafiq Haririy kabi suiqasd qurboni» bo‘lish xavfini keltirgan.

«Kech kirishi bilan yana bir «bomba» tashlandi, ammo saudlarning o‘zi: qirollik farmoni bilan qirollik oilasining hukumatdagi bir qancha a'zolari, shuningdek, yirik amaldorlar va yirik tadbirkorlar qo‘lga olindi. Ulardan ba'zilari marhum qirol Abdullaning farzandlari, biri esa Qirollik milliy gvardiyasi rahbari», — deya xabar qilinadi telekanal xabarida.

Telekanal talqiniga ko‘ra, «bu voqealar oqibatlari nafaqat Saudiya Arabistonida, mintaqa va jahonning boshqa nuqtalarida ham seziladi».

Telekanal qayd etishicha, «Saudiya taxti valiahdi, 32 yoshli Muhammad ibn Salmon o‘zining «Taxtlar o‘yini» orqali, monarx bo‘lish uchun butun mintaqani xavf ostiga qo‘yishdan tap tortmasligi»ni namoyish etdi.

Mavzuga oid