Jahon | 09:17 / 07.11.2017
5874
1 daqiqa o‘qiladi
Shimoliy Yevropa davlatlari havo kengligini monitoring qilish bo‘yicha kelishuv imzolashdi
Shimoliy Yevropa davlatlarning mudofaa vazirlari Helsinkida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish doirasida tinchlik davrida mintaqaning havo kengliklarini monitoring qilish bo‘yicha kelishuvni imzoladilar. Bu haqda Yle xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, vazirlar Boltiqbo‘yi mintaqasida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat, xalqaro amaliyotlarda hamkorlik va umumiy harbiy mashg‘ulotlar tashkil etish masalalarini ham muhokama qildilar.
Kutilishicha, 7 noyabr, seshanba kuni Shimoliy Yevropa mudofaa vazirlari yig‘ilishida Pentagon rahbari Jyeyms Mettis ishtirok etadi.
Avvalroq Finlyandiya Rossiya harbiy faolligi tufayli AQSh bilan qo‘shma mashqlar o‘tkazishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:33 / 18.11.2024
Finlandiya va Germaniya o‘rtasidagi suvosti telekommunikatsiya kabeli ishdan chiqdi
23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi
20:48 / 06.06.2023
Finlandiya politsiyasi tezlikni 30 km/s oshirgan fuqaroga 121 ming yevro jarima soldi
23:49 / 14.04.2023