Finlyandiya Rossiya harbiy faolligi tufayli AQŞ va boşqa ittifoqçilar bilan keng miqyosli harbiy maşğulotlar ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda 3 noyabr, juma kuni Finlyandiya mudofaa vaziri Yussi Niinisto ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

Ta'kidlanişiça, maşqlar qöşinlarga inqiroz holatiga tayyorgarlik körişda yordam beradi.

«Maşqlarga harbiy xizmatga çaqirilganlar, zaxiradagilar va askarlar keng jalb etiladi. Ular Şvetsiya, AQŞ va boşqa asosiy şeriklarimiz bölgan mamlakatlar birgalikda maşğulot ötkazişadi», - dedi Niinisto.

Uning aytişiça, maşğulotlar sentabr oyida Şvetsiyaning Avrora maşqlariga öxşaş böladi. Ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, Avrorada 19 ming nafar harbiy xizmatçi iştirok etdi.