Jahon | 21:00 / 07.11.2017
49651
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada yadroviy sinovlardan keyin mutant-bolalar dunyoga kelmoqda

Foto: KCNA / Reuters

Shimoliy Koreyadan qochib ketganlarning aytishlaricha, mamlakatda o‘tkazilayotgan yadroviy sinovlar oqibatida radiatsiya sizot suvlarigacha yetib borgan, ko‘plab suv manbalari qurib qolgan, yadroviy poligon yaqinidagi hududlarda barcha baliq g‘oyib bo‘lgan. 

Shimoliy Koreyadagi Pangiri poligonida yadroviy sinovlar o‘tkazilgandan keyin qo‘shni qishloqlar aholisida turli nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalar dunyoga kela boshlagan. Bu haqda Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo nashri yozmoqda.

Nashr shimoliy koreyalik qochqinlarga iqtibos keltirgan holda, Shimoliy Koreya tug‘ruqxonalarida borgan sari ko‘proq turli mutatsiyaga ega bo‘lgan bolalar tug‘ilayotganini ma'lum qilgan. Nashr bolalar aynan qanday mutatsiyalar bilan dunyoga kelayotganlariga oydinlik kiritmagan. 

Shimoliy Koreyada 2016 yil yanvarda, Kilju shahridan 50 km uzoqlikda bo‘lgan Pangiri poligonida yer osti yadroviy sinovi o‘tkazilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid