Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya respublikasi 12 ta kema vertolyotlari xarid qiladi
Koreya respublikasi 400 mln dollar evaziga 12 dona kema vertolyotlarini sotib oladi. Bu haqda mamlakatning mudofaa xaridlari agentligi ma'lum qildi.
"Dengizda Shimoliy Koreya tahdidi ortib borayotgani munosabati bilan Koreya respublikasi armiya safiga qabul qilingan 8 ta kemalarga qarshi AW-159 Wildcat jangovar mashinalariga qo‘shimcha ravishda yana harbiy-dengiz vertolyotlarini xarid qiladi", - deyiladi xabarda.
Yana 12 ta vertolyot sotib olish rejalashtirilmoqda. Ular 2020 yildan jangovar safda bo‘lishi kerak. Hozircha aynan qaysi turdagi jangovar uchar mashinalar sotib olinishiga oydinlik kiritilmagan. Bular AW-159, MH-60R va NH-90 kabilardan biri bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, KXDR yadroviy dasturini davom ettirayotgani va raketa sinovlarini o‘tkazib kelayotgani bois Koreya yarim orolidagi vaziyat keskin bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:44 / 23.04.2026