Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy bank O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi hamtashkilotchisi bo‘lib chiqdi
Foto: Milliy bank
2017 yil 8 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi va ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Milliy banki faol ko‘magi bilan respublika Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirning asosiy maqsadi - ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish, yangi qo‘shma korxonalar sonini ko‘paytirish hamda ikki tomonlama savdo aylanmasini oshirishdir.
Biznes-forum Koreya Respublikasi Kichik va o‘rta biznes federatsiyasi raisi o‘rinbosari Li Xong Vu boshchiligidagi janubiy koreyalik ishbilarmon doiralar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Forumda Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalaridan bo‘lgan taxminan 50 nafar vakil ishtirok etdi. Ular qurilish, oziq-ovqat sanoati, savdo, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, tibbiy uskunalar, shaxsiy gigiyena vositalari, gaz-ballonli uskunalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, AKT, qadoqlash materiallari, to‘qimachilik va to‘qimachilik uskunalari, logistika, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va tayyor mahsulotni ishlab chiqarish sohalariga aloqador.
Forumda O‘zbekiston Respublikasining turli mintaqalaridagi yirik korxonalar va kompaniyalarning 150 dan ortiq vakillari qatnashdi.
Tadbir davomida o‘zbek kompaniyalari e'tiboriga Koreya Eksport-import bankining (Korea Eximbank) O‘zbekiston Milliy banki tomonidan Koreya kompaniyalari jihozlarini sotib olish uchun ajratiluvchi kredit liniyalari taqdim etildi.
Mavzuga oid
19:33 / 28.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
09:39 / 27.01.2026
Tramp Janubiy Koreya uchun bojlarni 25 foizgacha oshirishini e’lon qildi
21:47 / 26.01.2026
Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatishi mumkin
14:32 / 24.01.2026