Jamiyat | 08:12 / 09.11.2017
13579
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada boshqaruvi yo‘qotilgan dron odamlarga borib urildi (video)

Yaponiyaning Ogaki shahridagi robotexnika shousida 4 kilogramm keladigan dron boshqaruvi yo‘qotilib, odamlarga borib urilgandan keyin 6 kishi jarohat oldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Ushbu holat qayd qilingan videoda dron yuqoridan shouga kelganlarga konfetlar tashlayotgani, so‘ngra keskin pastlab, pastda turgan odamlarga borib urilganini ko‘rish mumkin. Ma'lum qilinishicha, jabrlanuvchilar lat yeyish va kesik jarohatlari olishgan.

Yaponiyada dronlarning qulashi oqibatida odamlarning jarohat olishi bilan yakunlangan ilk hodisa 2017 yil fevralida qayd etilgan. O‘shanda qurilish maydonchasini suratga olayotgan 1 kilogrammlik dron qurilish kraniga urilib, pastdagi odamning ustiga tushgan. Buning oqibatida jabrlanuvchi yuz jarohati olgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid