Jamiyat | 08:22 / 09.11.2017
53497
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi eng tuzli joy haqida eshitganmisiz?

Qoraqalpog‘istonda ajoyib joylar bor. U yerdagi tuzli suv haqida eshitganmisiz? Ko‘pchilik yozning jaziramasida qumga yoki tuzli suvga borishi quloqqa chalingan. Xo‘sh, tuzli suv aslida qanday joy?

Karinform.uz'ning xabar berishicha, Nukus shahridan shimolga qarab ketadigan yo‘l bo‘yida tuzli suv joylashgan. Uning tuzlari yer tagidan chiqqan bo‘lib, olisdan oppoq qorga o‘xshab ko‘zga tashlanadi. Unda cho‘milgan odamning tanasiga tuzlar yopishib qoladi.

Foto: Karinform.uz

Tuzlarni qo‘lingizda qismlab olsangiz ham bo‘ladi. Qizig‘i, suv unchalik ham chuqur emas, ammo, suvning tubiga sho‘ng‘ishning aslo iloji yo‘q. Chunki, tuzli suv yuqoriga ko‘tarib yuboradi. Bu joy ko‘pchilik kasallarga shifo sifatida tanilgan. Lekin, unda cho‘milgandan so‘ng 3-4 kun issiq saqlanish kerak ekan.

Foto: Karinform.uz
Foto: Karinform.uz
Foto: Karinform.uz

Mavzuga oid