Jahon | 11:20 / 09.11.2017
7194
1 daqiqa o‘qiladi

Obamani hakamlar hay'ati tarkibiga qo‘shishmadi

© AFP 2017 / Saul Loeb

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama chorshanba kuni hakam sifatida o‘z fuqarolik burchini bajarish uchun Chikago sudiga keldi, ammo uni hakamlar hay'ati tarkibiga qo‘shishmadi. Bu haqda CNN telekanali xabar tarqatgan.

Obama sud binosiga AQSh maxfiy xizmati xodimlari hamrohligida kelgan, uni olqishlar bilan kutib olishgan va yig‘ilganlar sud ishi haqidagi 20 daqiqalik videoni tomosha qilishgan. Ammo yakunda sobiq davlat rahbari hay'at tarkibidan joy olmagan.

Bundan avvalroq Obama noyabr oyida Illinoys shtati Kuk okrugi sudida hakamlik qilgani xabar qilingandi. Chicago Tribune xabariga ko‘ra, Barak Obama bu okrugda mulkka egalik qilgani uchun bu sudda hakam sifatida qatnashish huquqiga ega hisoblanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid