Sport | 10:20 / 09.11.2017
24647
2 daqiqa o‘qiladi

Ramos Ronaldu Iskoning golidan xursand bo‘lmaganiga munosabat bildirdi

«Real» sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 11-turida «Las-Palmas»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida Krishtianu Ronalduning harakati bo‘yicha munosabatini bildirdi. Portugaliyalik futbolchi o‘sha o‘yinda gol ura olmagan, uchinchi gol urilganda Iskoni pas bilan ta'minlagandi. Ammo gol urilgach, Ronalduning yuzida xursandchilik ko‘rinmagan, bu esa turli munozaralarni keltirib chiqargandi.

«Ronaldu Iskoning golini nishonlamagani to‘g‘risida turli fikrlar yuribdi. Men Krishtianuni juda yaxshi bilaman. Uning ambitsiyalari menga ma'lum, u gol ura olmaganida uyga qanday kayfiyatda ketishini bilaman. Balki, u o‘sha kuni o‘zini juda yaxshi tutmagani to‘g‘ridir. Menga esa kim gol urishi muhim emas, Keylor Navas gol ursin menga desa, jamoa g‘alaba qozonsa bas. Ha, Krishtianuda boshqa rol va maqsadlar bor. Masalan, «Oltin to‘p» olish yoki to‘purar bo‘lish. Ronaldu «Real»ga ko‘p narsa bergan va biz uning harakatlaridan jahl qilmaymiz», — deya Ramosning so‘zlarini keltirgan Marca.

Mavzuga oid