Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning har bir federal okrugida O‘zbekiston konsulligi ochiladi
Yoshlar Ittifoqining Markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi «MISiS» Milliy tadqiqot texnologiya universitetida Rossiyada ta'lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Ushbu tadbirda KUN.UZ muxbiri ham ishtirok etdi. Muxbirning voqea joyidan xabar berishicha, uchrashuvda O‘zbekiston elchisi ham qatnashgan. Uning ma'lum qilishicha, endilikda Rossiyaning har bir federal okrugida O‘zbekistonning bosh konsulligi paydo bo‘ladi. Xususan, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov, Yekaterinburg shaharlari hamda Uzoq Sharqida O‘zbekiston konsulliklari ochilishi ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgga konsullik xodimlari yetib kelishgan hamda tez orada bu yerdagi bosh konsullik o‘z ishini boshlaydi.
Bundan tashqari, elchining so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Rossiyada O‘zbekistonning 1,5 millionga yaqin fuqarosi bor. Biroq, konsullik hisobida atigi 40 ming nafar inson turishi alohida qayd etildi. Elchi bu borada tegishli ishlar olib borilayotgani va konsullik hisobida turishning afzalliklari haqida ham so‘zlab berdi.
Mavzuga oid
21:39
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026