Jamiyat | 18:50 / 10.11.2017
12827
1 daqiqa o‘qiladi

Xivadagi mehmonxona farroshi mijozning pullarini o‘mardi

Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi mehmonxonalarning birida yashovchi mijoz hamyonidan 2,5 ming AQSh dollari va 5 ming Rossiya rubli yo‘qolgani haqida murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Ichki ishlar organlari tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, o‘g‘rilikni ushbu mehmonxona farroshi 1989 yilda tug‘ilgan N.I. sodir etganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid