O‘zbekiston | 09:20 / 10.11.2017
37174
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda uch davlat chegaralari to‘g‘risida shartnoma imzolandi

10 noyabr kuni Samarqanddagi «Forumlar majmuasida «O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalari o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma» imzolandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov, Qayrat Abdraxmanov va Rashid Meredov tomonidan uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi joylashgan o‘rnini aniqlash va uning hududida davlat chegaralarini delimitatsiya qilish maqsadida uch tomonlama hujjat imzolandi. Ushbu shartnoma ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Mazkur hujjatlar mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va ishonchni, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalarning ratifikatsiya yorliqlari almashish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Mazkur bayonnoma qayd etilgan shartnoma kuchga kirganiga guvohlik beradi.  

 

Mavzuga oid