Jahon | 08:06 / 10.11.2017
8501
1 daqiqa o‘qiladi

Texasdagi ommaviy qotillik sodir etilgan cherkov buzib tashlanadi

Foto: Reuters

5 noyabrda ommaviy qotillik sodir etilgan, Texasning Sazerlend-Springs shaharchasidagi baptist cherkovi buzib tashlanadi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

5 noyabrda Devin Kelli ismli shaxs cherkov ichiga bostirib kirib, ibodatga kelgan odamlarni o‘qqa tuta boshlagan. Buning oqibatida 27 kishi hayotdan ko‘z yumgan va 30 ga yaqin odam jarohat olgan. Qotil so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan.

Pastorning aytishicha, o‘nlab odamlar otib tashlangan joyda ibodat qilish “juda og‘ir botadi”. Uning aytishicha, cherkov o‘rnida otishma qurbonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatilishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid