Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan uchrashishi mumkin bo‘lgan joylarga kelmadi
AQSh prezidenti Donald Tramp OTIH (Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammiti doirasida Biznes-maslahat kengashi a'zolari bilan uchrashuvni o‘tkazib yubordi. U bu uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ro‘baru kelishi mumkin edi.
Trampning o‘rniga ushbu uchrashuvda Qo‘shma shtatlar nomidan Robert Laytxayzer qatnashgan.
Uchrashuv "Furama" mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Bu sammit doirasidagi ilk marosim edi.
Tramp sammitning ikkinchi uchrashuviga ham kelmadi. U Danangdagi mehmonxonalardan birida OTIH va ASEAN (Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi) davlatlari vakillari uchrashuvini ham o‘tkazib yubordi.
Vetnamdagi sammit 10-11 noyabr kunlarida o‘tkazilmoqda.
Sammit doirasida AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvi kutilayotgandi.
Bu uchrashuv haqida dastlab Donald Tramp anons bergandi. U rossiyalik hamkasbi bilan Shimoliy Koreya masalasida gaplashib olmoqchiligini aytgandi.
Keyinroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ham bu uchrashuv nazarda tutilayotgani, tomonlar Suriya, Ukraina va Shimoliy Koreya masalasida gaplashishi mumkinligini bildirdi.
Bugun esa Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh prezidentining tig‘iz grafigi bu uchrashuvga vaqt qoldirmasligi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026