Jahon | 11:24 / 11.11.2017
10556
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Kataloniya inqirozida «rossiyalik hakerlarni» aybladi

Ispaniya hukumati vakili Inigo Mendez de Vigoning ma'lum qilishicha, Madrid Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari yig‘ilishida Rossiya va boshqa davlatlardan bo‘lgan hakerlarning Kataloniyadagi vaziyatga ehtimoliy aralashuvi bo‘yicha masalani ko‘taradi. Bu haqda El Pais gazetasi xabar bermoqda.

«Hukumat shu faktni tasdiqladiki, ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ko‘plab xabarlar va amaliyotlar Rossiya hududidan tarqatilgan», - deya aytib o‘tdi vakil.

Uning ta'kidlashicha, Ispaniya Yevropa Ittifoqining bu masala bo‘yicha jiddiy munosabatidan umid qilmoqda.

Avvalroq Ispaniya sudi Kataloniya parlamenti spikerini hibsga olgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid