Ispaniya oliy sudi sudyasi Kataloniya mustaqilligining e'lon qilinişi tergovi vaqtiga muxtoriyat parlamentining spikeri Karme Forkadelni 150 ming yevroga ozod qiliş huquqi bilan vaqtinçalik hibsga olişga qaror qildi.    

Kataloniya parlamenti prezidiumining qolgan sobiq a'zolari – Luis Korominas, Luis Gino, Anna Simo, Ramona Barrufet hafta içida 25 ming yevro garov puli tölab, hozirça ozodlikda qolişlari mumkinligi belgilab qöyildi.

Agar Forkadel va qolganlar garov pulini tölay olsalar, unda ozodlikda qolişlari mumkin böladi. Ular har hafta sudga kelişlari kerak böladi, Ispaniya hududini tark eta olmaydilar, ularning pasportlari olib qöyiladi.

9 noyabrda Ispaniya sudida bölib ötgan jarayonda Forkadel Ispaniya hukumati tomondan konstitutsiyaning 155-moddasi qöllanişini tan olişini aytgan. Luis Korominas va Luis Gino ham xuddi şundan bayonot berişgan. Ular Kataloniya mustaqilligi e'lon qilinişi “ramziy ma'noda” bölganini aytişgan.