Jahon | 00:56 / 11.11.2017
17989
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda patrul militsiyasi tugatiladi

Foto:24.kg

Qirg‘izistonda Patrul militsiyasi bosh boshqarmasi tugatiladi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov yo‘llardagi avariyalar masalalariga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilishda ma'lum qildi.
     
Uning aytishicha, Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bosh boshqarmasiga asos solinmoqda va xodimlar shaxsiy tarkibi kengaytirilmoqda. “Xodimlar tarkibi qanchaga kengaytirilayotganini ayta olmayman, bu maxfiy axborot”, deb aytgan bosh vazir. 

Isakov shu munosabat bilan ichki ishlar vaziriga shaxsiy tarkibni shakllantirish masalasini alohida nazoratga olish va ishga tanlov asosida halol xodimlarni olish topshirig‘ini bergan.

“Bundan tashqari, ishonib topshirilgan hududdagi xavfsizlik uchun shaxsiy javobgarlik ko‘zda tutilishi lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan bosh vazir.  

Qirg‘iziston patrul militsiyasi 2016 yil aprelda tashkil etilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid