Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘rta osiyolik migrantlar o‘zaro pichoqlashdi, 4 kishi jiddiy jarohatlangan
Moskva janubidagi Biryulevo tumani hududida kelib chiqishiga ko‘ra o‘rta osiyolik bo‘lgan mehnat muhojirlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv ro‘y berishi oqibatida 4 kishi jiddiy jarohatlangan, hujum uyushtirishda gumon qilinganlarning 3 nafari qo‘lga olingan. Ularning yoshi 22-25 atrofida bo‘lib, barchasi O‘rta Osiyo respublikalaridan birining fuqarolaridir.
IIV ma'lumotiga ko‘ra, hodisa haqida guvohlar politsiyaga xabar berishgan. To‘qnashuv ishtirokchilarining 3 nafari Samara viloyati hududida, Jigulevsk shahri yaqinida qo‘lga olingan. Ular bu vaqtda chegara tomon harakatlanishayotgandi.
Qo‘lga olinganlardan biri mushtlashuvda qatnashganlarning barchasi deyarli 8 yildan buyon Moskvada yashab, ishlab kelgani, ularning aksari yuk tashuvchi ekani haqida aytdi. U mushtlashuvda bitalar va pichoqlardan foydalanganini bildirdi.
To‘qnashuv sodir bo‘lgan kun va mojaro sabablari aniq aytilmayapti. O‘sha kuni politsiya Biryulevoga yetib kelgach, jarohatlanganlarga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatgan va tibbiyot xodimlarini chaqirgan.
«Politsiya yetib kelib bizni qutqardi, ular bizni o‘lguncha kaltaklashmoqchi edi», — degan operativ s'yomka vaqtida jabrlanuvchilardan biri. U boshidan jarohat olgandi. Yana bir kishining bo‘yni kesilgan, u 3 litr qon yo‘qotgan, politsiyachilar unda qon oqishini to‘xtatishgan.
IIV Tergov boshqarmasi ushbu hodisa yuzasidan RF JKning 213 moddasi («Bezorilik») bo‘yicha jinoiy ish ochgan. Sud qaroriga ko‘ra, uch kishi hibs qilingan.
Mavzuga oid
08:51
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026