Jahon | 16:35 / 11.11.2017
31608
5 daqiqa o‘qiladi

Neft bozorining taqdiriga ta'sir ko‘rsata oladigan mamlakatlar 10 taligi 

Foto: AP

OPeK va Rossiya jahonning kartelga a'zo va a'zo bo‘lmagan yetakchi neft ishlab chiqaruvchilariga murojaat qilib, 2018 yil oxirigacha neft qazib olishni cheklash bo‘yicha kelishuvni 2018 yil oxirigacha qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda. OPeK bu borada konsensusga erishilganini noyabr oyi oxirida bo‘lajak navbatdagi majlisida e'lon qilishi kutilmoqda. Quyida kelishuv taqdiriga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsata oladigan davlatlar qaysilar ekani yana bir bor yodga olinadi. 

10. Norvegiya

Foto: Insider.Pro

Avgust oyida Norvegiya bir sutkada 1,57 mln barrel neft qazib olgan. Iyulda bu raqam 1,62 mln barrelni tashkil etgan. Bu haqda Neft statistikasi bo‘yicha qo‘shma tashabbus (JODI, Joint Organization Data Initiative) ma'lumotida so‘z yuritilgan. 

9. Angola

Foto: Insider.Pro

OPeK a'zosi bo‘lgan Angola Afrikaning neft qazib oluvchi ikkinchi yirik mamlakati hisoblanadi. U avgustda bir kecha-kunduzda 1,68 mln barrel qora oltin qazib olgan. Mamlakat uchinchi oydirki bu miqdorni oshirib bormoqda.
 
8. Meksika

Foto: Insider.Pro

Meksika avgustda kuniga 1,94 mln barrel neft qazib olgan. Bu mamlakat uchinchi oydirki ishlab chiqarish sur'atlarini pasaytirmoqda. 

7. Nigeriya

Foto: Insider.Pro

JODI hisob-kitoblariga ko‘ra, Afrikaning yirik neft qazib oluvchi davlati avgust oyida kuniga 1,99 mln barrelga yaqin neft qazib olgan. U avgust ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan raqamda barqarorlashsa, kelishuvga qo‘shilishini bildirdi. Avvalroq OPeK Nigeriya va Liviyaga ichki nizolar tufayli neft qazib olishni kamaytirmaslik imkoniyatini taqdim etgan edi. 

6. Venesuela

Foto: Insider.Pro

Venesuela yoz mavsumining so‘nggi oyida bir kunda 2,1 mln barrel neft qazib olgan. Bu iyul oy ko‘rsatkichidan kamdir. Oktyabr oyi boshida mamlakat neft vaziri Euloxio del Pino bergan bayonotga ko‘ra, OPeK va kartelga a'zo bo‘lmagan neft qazib oluvchi 16 mamlakatlar bozordagi muvozanatni tiklashga urinib ko‘radi. 

5. Kanada

Foto: Insider.Pro

Statistika ma'lumotlariga binoan Kanada avgustda 3,12 mln barrel neft qazib olgan. Bu o‘tgan oylardagidan biroz kamdir. 

4. Iroq

Foto: Insider.Pro

Iroq OPeKning neft qazib olish bo‘yicha ikkinchi eng yirik a'zosi hisoblanadi. Uning avgust oyida qazib olgan qora oltini kunlik 4,38 mln barrelni tashkil etdi. Biroq Bag‘dodga ko‘ra, mamlakat o‘tgan yilning qish oylarida rejalashtirilgan rejasini bajara olganicha yo‘q. 

3. AQSh

Foto: Insider.Pro

JODI hisobotiga binoan avgustda Amerika Qo‘shma Shtatlari bir kunda 9,34 mln barrel neft qazib olgan. U neft qazib olish miqdorini uchinchi oydirki ko‘paytirmoqda. OPeK bosh direktori Muhammad Barkindo Amerikaning slants neft ishlab chiqaruvchilarini neft bozorini muvozanatlashtirish maqsadida qazib olishni kamaytirish rejasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Reuters ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Amerikadagi slantsli burg‘ilash uskunalari AQShda qazib olingan jami neftdagi ulushini 10 foizga oshirgan. 

2. Saudiya Arabistoni

Foto: Insider.Pro

Avgust oyida OPeKning eng yirik a'zosi hisoblanuvchi Saudiya Arabistoni podshohligi bir kunda 9,95 mln barrel neft qazib olgan. U may oyidan beri birinchi marta qazib olish ko‘rsatkichini kuniga 10 mln barreldan pasaytirdi. 

1. Rossiya

Foto: Insider.Pro

2016 yil dekabridan beri Rossiya neft qazib olish bo‘yicha Saudiya Arabistonini ortda qoldirib, dunyoning birinchi mamlakati bo‘ldi. Avgust oyida bu mamlakatda kuniga 10,34 mln barrel neft qazib olingan. 

OPeK yirik neft qazib oluvchilar va birinchi galda Rossiya bilan neft bozoridagi narxni tartibga solish uchun hamkorlik qilib keladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid