Foto: Toshkent Xalqaro aeroportida namozxona paydo bo‘ldi
Toshkent shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroport terminalida namozgoh paydo bo‘ldi. Bu xabarni Kun.uz'ning bir nechta manbasi tasdiqladi.
Aniqlanishicha, aeroport terminalining B8 bo‘limiga yaqin joyda namoz uchun alohida joy yaratilgan. Shuningdek, uning oldida tahoratxona ham bor. Aeroport terminalidagi namozgoh ochilganiga endigina ikki kun bo‘lgan.
Endi chegara nazorat punktidan o‘tgan yo‘lovchilar odatdagi ibodatlarini aeroport terminalida ham bajarishi mumkin.
Bunday sharoit qo‘shni mamlakatlardagi xalqaro aeroportlarda ham mavjud bo‘lgan. Yo‘lovchilardan birining aytishicha, bunday qulaylik avvalari Umra va Haj safarida davomida mavsumiy tashkil qilingan. Endilikda Toshkent aeroportidagi namozgoh doimiy ravishda faoliyat olib boradi.
Ma'lumot uchun, AQShdagi 30ta yirik aeroportdan 7tasida ana shunday namoz o‘qish uchun maxsus xonalar tashkil qilingan.
Mavzuga oid
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
17:53 / 20.11.2024
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
20:03 / 18.11.2024