Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshalik millatchilar mustaqillik kunini minglab fayyerlar yoqqancha nishonlashdi
Foto: Bartlomiej Zborowski / EPA / Scanpix / LETA
Polshalik millatchilar Varshava markazida mustaqillik kuniga bag‘ishlangan mustaqillik marshi o‘tkazishdi. Ishtirokchilardan ko‘pi marsh vaqtida fayyerlar yoqishgan. Marsh “Biz Tangrini istaymiz” shiori ostida o‘tgan. Millatchilar buyuk katolik Polsha yaratilishini qo‘llab-quvvatlaganlar.
Polshada mustaqillik kuni 1918 yilda e'lon qilingan va 11 noyabrda o‘tkaziladi.
An'anaviy ravishda bu kun marafonlar va ko‘plab namoyishlar o‘tadi. Bu namoyishlar vaqtida politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berib turadi. Misol uchun, 2013 yilda marsh Rossiya elchixonasi oldidan o‘tayotganda, namoyishchilar elchixona oldidagi politsiya budkasini yoqib yuborishgan, panjaralarga esa “Kommunistlar yo‘qoling”, “Zo‘ravonlarning qizil armiyasi” yozuvlari bo‘lgan transparantlar ilib qo‘yishgan. O‘shanda Polsha tashqi ishlar vazirligi namoyishchilarning qilmishlarini qoralab, elchixona oldidagi tartibsizliklar uchun Rossiyadan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
15:14 / 01.05.2025