Polşalik millatçilar Varşava markazida mustaqillik kuniga bağişlangan mustaqillik marşi ötkazişdi. Iştirokçilardan köpi marş vaqtida fayyerlar yoqişgan. Marş “Biz Tangrini istaymiz” şiori ostida ötgan. Millatçilar buyuk katolik Polşa yaratilişini qöllab-quvvatlaganlar.
Polşada mustaqillik kuni 1918 yilda e'lon qilingan va 11 noyabrda ötkaziladi.
An'anaviy ravişda bu kun marafonlar va köplab namoyişlar ötadi. Bu namoyişlar vaqtida politsiya va namoyişçilar örtasida töqnaşuvlar yuz berib turadi. Misol uçun, 2013 yilda marş Rossiya elçixonasi oldidan ötayotganda, namoyişçilar elçixona oldidagi politsiya budkasini yoqib yuborişgan, panjaralarga esa “Kommunistlar yöqoling”, “Zöravonlarning qizil armiyasi” yozuvlari bölgan transparantlar ilib qöyişgan. Öşanda Polşa taşqi işlar vazirligi namoyişçilarning qilmişlarini qoralab, elçixona oldidagi tartibsizliklar uçun Rossiyadan uzr söragan.












