Jahon | 07:30 / 12.11.2017
30980
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kim Chen In bilan do‘stlashmoqchi

Foto: asiarussia.ru

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan do‘stlashishga harakat qilayotgani va qachondir buning uddasidan chiqishiga umid bildirdi.  

“Nima uchun Kim Chen In meni “qari” deb atab haqorat qilishga qaror qildi, o‘shanda men ham uni “pakana va semiz” deb atamagan bo‘lardim. Men uning do‘sti bo‘lishga urinmoqdaman va bu qachondir yuz berishiga umid qilaman”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Avvalroq ikki yetakchi ham bir-birlari haqida “iliq fikrlar” bildirishgan. Tramp BMT minbaridan turib Shimoliy Koreya yetakchisini “o‘z joniga qasd qilishga urinayotgan raketa odam” deb atagan hamda agar Shimoliy Koreya AQShga xavf solsa, vayron qilinishini aytgan.

Kim Chen In esa o‘z nutqlarida Trampning BMTdagi gaplarini “ahmoqona alahsirash” deb aytgan, Trampning o‘zini esa “qari miyang‘i” deb atab, “uning dag‘dag‘alariga qarshi eng jiddiy choralar ko‘rish” bilan tahdid qilgan.

Mavzuga oid