Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Suriya janubidagi harbiy amaliyotlarni to‘xtatmoqchi emas
Foto: Reuters
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu «AQSh va Rossiya rasmiylariga yahudiylarning Suriyadagi harbiy amaliyoti davom etishini» ma'lum qildi.
«Biz chegaralarimizni nazoratda ushlab turibmiz, mamlakatimizni himoya qilmoqchimiz va buni davom ettiramiz», deydi Netanyaxu parlamentdagi Likud partiyasi a'zolariga yuzlanib.
Reuters'ning xabar qilishicha, bosh vazir Suriya janubidagi harbiy amaliyotlarni susaytirmasligini qat'iy takrorlab, «bu haqda Vashington va Moskvadagi do‘st»lariga o‘z pozitsiyasini bildirgan.
Bundan avval, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin Suriyadagi vaziyatga baho berib, tez orada harbiy kuchlarni mamlakat hududidan olib chiqib ketishga harakat qilishayotganini aytgandi.
Ma'lumot uchun, Isroil bundan roppa-rosa yarim asr muqaddam yuz bergan «6 kunlik» urush nomi bilan mashhur arab-isroil to‘qnashuvidan so‘ng, Suriya janubidagi Julan tepaligini egallab olgandi. Shu kunlarda ham Isroil ana shu hududni o‘ziniki hisoblab, chegarada harbiylari sonini ko‘paytirishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
13:11 / 19.01.2026