Tana haroratidan quvvatlanuvchi aqlli soatlarni yetkazishga start berildi
Amerikaning Matrix Industries kompaniyasi inson tana haroratidan quvvat oluvchi PowerWatch aqlli soatini ilk xaridorlarga yo‘llay boshladi. Soat termoelektrik texnologiya yordamida organizm tomonidan ishlab chiqariluvchi iliqlikni to‘plab, uni batareyani doimiy quvvat bilan ta'minlovchi energiya manbaiga aylantiradi. Bu jarayon hech qanday sim yoki datchiklarsiz amalga oshadi. Fortune shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
PowerWatch parchalangan kaloriyalar soni, puls hamda ob-havoni ko‘rsatadi va smartfon hamda "bulut" bilan sinxronizatsiyaga kirishadi. Ular suvdan qo‘rqmaydi va 50 metrgacha chuqurlikda bosimga chidamli, ayozda esa odatdagidan-da yaxshi ishlaydi.
Inson o‘rtacha 100 Vt issiqlik ajratadi, jiddiy jismoniy bosimda esa bu raqam 1 kVt'gacha yetishi mumkin - bu 10 litr suv qaynashi uchun yetarli degani. Tana qancha ko‘p issiqlik energiyasini ishlab chiqarsa, PowerWatch shuncha tez quvvatlanadi. Quvvat darajasi doimiy dinamikada siferblatda aks etadi.
Matrix jamoasi ilk prototipni ishlab chiqarishi uchun besh yil ketdi. PowerWatch qo‘lda chiroyli va o‘ziga xos uslubda ko‘rinishi uchun uning dizayni jahon miqyosidagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqildi.
Aqlli soat narxi 169-249 dollar atrofida. Startap yanvarda Indiegogo'da kraudfanding kampaniyasini ishga tushirdi, bu oyda esa ilk soatlar xaridorlarga yo‘llanadi.
Mavzuga oid
16:41 / 08.10.2024
Apple aqlli soatlari kasallikni bir necha kun oldindan prognoz qila olishi ma’lum bo‘ldi
18:55 / 18.10.2022
Samsung kompaniyasi Apple’da bo‘lmagan gadjetni chiqaradi
17:19 / 12.08.2021
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga «aqlli soat»lar yetkazib beriladi
14:30 / 14.06.2019