“Nogironligi bölgan şaxslarga körsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2021 yil yakunigaça 2 ming dona zamonaviy eşitiş moslamalarini xarid qilinib, ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasalarida öqiyotgan eşitiş qobiliyati zaif bolalarga yetkaziladi.

Xarid qilinişi rejalaştirilgan 260ta koxlear implantatlariga qöşimça ravişda 355ta koxlear implantatlari sotib olinadi va 5 yoşgaça bolalarga jarrohlik amaliyoti orqali örnatiladi.

2021 yilda qöşimça 2 ming nafargaça, 2022 yildan boşlab har yili 3 ming nafargaça bolaga tuğma yurak nuqsoni hamda boş miyadagi patologik özgarişlar (jumladan, gidrotsefaliya) böyiça jarrohlik amaliyotlari ötkaziladi.

Har yili kamida 110 nafar bemor bola uçun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) töplamlari xarid qilgan holda, ularda skolioz va umurtqa poğonasining boşqa patologiyasi böyiça jarrohlik amaliyotlari amalga oşiriladi.

Şuningdek, yiliga örtaça 1 000 nafar bolaga tuğma va patologik son çiqişini jarrohlik amaliyotlari orqali davolaş uçun zarur metall konstruksiyalari sotib olinadi.

Har yili kamida 140 nafar bemor bolada kökrak qafasi deformatsiyasini davolaş uçun 150ta maxsus plastinalar xarid qilinib, örnatiladi.

Bundan taşqari, bemor bolalarga tuğma oyoq-qöl patologiyalarini davolaş uçun 350ta Ilizarov apparatlari xarid qilinadi.

Har yili kamida 100 nafar bemor bolaga jarrohlik amaliyotlari davomida suyak defektlarini töğrilaş uçun kollopan granulalarini xarid qilinadi.

Nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va protezlaş milliy markazi va uning hududiy markazlari 2021–2023 yillarda 54ta, şundan 2021 yilda 14ta zamonaviy ekzoskelet uskunasi bilan ta'minlanadi.

2021–2025 yillarda 11,6 ming dona, şu jumladan 2021 yilda 1 100 dona elektr yuritmali kreslo-aravaçalari xarid qilinadi, közi ojiz bolalar va kattalar 9 ming dona ovozli termometr, 10 ming dona ovozli tonometr, 20 ming dona yiğma Brayl alifbosi bilan ta'minlanadi.

Özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar oğir va favqulodda vaziyatlarga tuşganda ularga tezkor yordam körsatiş haqida xabar berişning innovatsion loyihasi joriy etiladi. Bunda, 2021 yilda 5 mingtagaça va 2022–2023 yillarda 12 mingta maxsus funksiyaga ega soat (“aqlli soat”) tegişli toifadagi şaxslarga yetkazib beriladi.