Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakillari Moskvada halol mahsulotlari ko‘rgazmasida ishtirok etadilar
Dunyoning turli davlatlaridan halol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar 16 noyabrda Moskvada o‘tadigan Moscow Halal Expo ko‘rgazmasida ishtirok etadilar. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma'lum qilishdi.
“Moscow Halal Expo 2017’da 40 ta davlat kompaniyalari ishtirok etadi. Ko‘rgazmada Rossiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Bruney, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Malayziya, AQSh, Turkiya, Suriya va Misr kabi davlatlar kompaniyalari va brendlari taqdim qilinadi”, deyilgan xabarda.
Tashkilotchilarning aytishlaricha, kompaniyalar orasida nafaqat go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, balki qolgan tarmoqlar vakillari ham bo‘ladi. Ko‘rgazmada, shuningdek, halol shirinliklari, sut mahsulotlari va kosmetika taqdim etiladi. Moscow Halal Expo “Sokolniki” ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadi.
Halol mahsulotlari musulmonlarning iste'mol qilishlari mumkin bo‘lgan barcha mahsulotlar hisoblanadi. Mahsulotning halolliligi standartga moslikka sertifikatlashtirishdan so‘ng tegishli markirovkalash orqali tasdiqlanadi.
Thomson Reuters va Dinar Standard tahliliy kompaniyalarining birgalikda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, halol oziq-ovqat mahsulotlari industriyasi 2020 yilgacha ikki barobarga o‘sib, 2,6 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026