Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi
2017 yilning 14-17 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida Myunxen shahrida Bavariya Federal yeri bosh vaziri Horst Zeyehofer va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi va Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining majlislarida ishtirok etadi, KfV Germaniya taraqqiyot banki va GFR yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirgan ba'zi yirik zamonaviy korxonalarga tashrif buyuradi.
Bo‘lajak O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida va tashrif yakuniga ko‘ra, iqtisodiyot va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:04
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026