Jahon | 17:20 / 14.11.2017
14158
1 daqiqa o‘qiladi

Yana Rossiya. Ispaniya bosh vaziri ruslarni ayblab chiqdi 

Foto: Getty Images

Kataloniyadagi inqiroz haqida aksariyat noto‘g‘ri yangiliklar rossiyalik shaxslar profillaridan tarqatilgan. Bu haqda Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy mahalliy "Kope" radiostansiyasi efirida ma'lum qildi.

Bosh vazir soxta yangiliklar tarqatish bo‘yicha ishlar yaxshi tashkillashtirilganini alohida qayd etib o‘tgan.

"Internetda shu yangiliklar tarqatilgan soxta sahifalarning 50 foizi Rossiyada, 30 foizi esa – Venesuelada bo‘lgan", - deya ma'lum qildi Raxoy.

Shu bilan birga, uning aytishicha, rus hakerlari Kataloniya ssenariysining shunday ko‘rinish olganiga aloqador ekani bo‘yicha aniq ma'lumotlarga hozircha ega emas. 

Avvalroq Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemon mintaqadagi inqirozni hal qilishning turli yo‘llari, jumladan, viloyat Ispaniya tarkibida qolishi bo‘yicha variantni ham ko‘rib chiqishga tayyorligi ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid