Kataloniya sobiq rahbari Karles Puçdemon mintaqadagi inqirozni hal qilişning turli yöllari, jumladan, viloyat Ispaniya tarkibida qolişi böyiça variantni ham körib çiqişga tayyor. Bu haqda u Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, inqirozni agarda Madrid vaziyatni keskinlaştirmay, Kataloniyani muxtoriyat maqomidan mahrum qilmaganida, radikal çoralarsiz ham hal qiliş mumkin edi.
"Men Ispaniya bilan munosabatlarning boşqa turini tan olişga tayyorman va şunday bölib qolaman", - deya aytib ötdi siyosatçi.
Şu bilan birga, Puçdemonning kutilmaganda ma'lum qilişiça, şaxsan u har doim Ispaniya bilan birdamlik tarafdori bölib kelgan.
"Men har doim birdamlik tarafdori bölib kelganman. Biroq hammasining sababi muxtoriyat maqomining bekor qilinişida, u 2010 yilda Ispaniya va Kataloniya parlamentlari tomonidan muvofiqlaştirilgan edi", - deya ma'lum qildi u.
Puçdemon Kataloniyada 21 dekabrga belgilangan saylovlarda iştirok etişiga oid savolga javob qaytarmagan.
"Men bizda kuçli koalitsiya bölsa hamda konstitutsiyaning 155-moddasining qöllanilişini tösib qöyiş, şuningdek, Ispaniya davlati tomonidan yetkazilgan zarar miqdorini ölçaş maqsadida nomzod bölişim mumkin", - deya ta'kidlab ötdi u.













