Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Omurbek Babanov «Respublika - Ata Jurt» fraksiyasi rahbarligini tark etdi
Foto: Omurbek Babanov
Qirg‘izistonning «Respublika — Ata Jurt» fraksiyasining navbatdan tashqari kengashida Omurbek Babanov fraksiya yetakchilik lavozimini tark etish qarori muhokama qilindi. Uni fraksiya rahbari o‘rinbosari deputat Talant Mamitov o‘qib bergan.
Omurbek Babanovning so‘zlariga ko‘ra, «Respublika» partiyasi va «Respublika — Ata Jurt» parlamentlik fraksiyasining faoliyati qonun loyihalarini muvaffaqiyatli ilgari surish va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘zgartirish uchun birlashgan holda harakat qilish lozim. Fraksiyaning yangi rahbari kelgusi majlisda saylanadi.
U ayni vaqtda xorijda davolanayotganini ma'lum qilar ekan, qaysi mamlakatda ekaniga oydinlik kiritmagan. Biroq «24.kg» axborot agentligining xabar qilishicha, prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lgan Jokorgu Kenesh deputati Karlovi Varida davolanishda. Siyosatchi o‘z maktubida nima uchun fraksiyani tark etishga qaror qilganini izohlagan.
«Men hozir xorijda davolanyapman. Sog‘lig‘im haqida ko‘plab taxminlarni o‘qidim. Ular asossiz. Men sizlar bilan birgalikda Qirg‘iziston gullab-yashnashi uchun kurashaman. Men qayd etishni istardimki, «Respublika» partiyasi va Jokorgu Keneshdagi «Respublika — Ata Jurt» fraksiyasida faoliyatini davom ettirmoqda. Qisqa muddatlarda saylov qonunchiligi, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni o‘zgartirishga qaratilgan qonun loyihalarini parlament muhokamasiga kiritishimiz zarur. Shu sababli men «Respublika — Ata Jurt» fraksiyasi rahbarligini tark etayapman», — deb yozgan Omurbek Babanov o‘z bayonotida.
Ma'lumki, Omurbek Babanovga nisbatan QR JKning ikki moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:20 / 05.12.2025
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
17:04 / 30.11.2025
Muxolifatchilar hibsga olinishi va energetika inqirozi. Qirg‘izistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari qanday sharoitda o‘tmoqda?
11:20 / 30.11.2025