Jahon | 11:00 / 15.11.2017
28071
2 daqiqa o‘qiladi

Yer aholisining umumiy davlati rekord darajaga yetdi

Foto: Fotolia

O‘tgan 12 oy davomida sayyora aholisining umumiy davlati 6,4 foizga o‘sib, 280 trillion dollarni tashkil etdi, bu 2012 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Global Wealth Report 2017’ning 14 noyabr kuni e'lon qilingan hisobotida shu haqda so‘z yuritiladi, deb xabar bermoqda RBK.
 
Hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, sayyora aholisi davlati, uning aholisiga qaraganda tezroq o‘sgan. Shu sababdan o‘rtacha moddiy farovonlik ko‘rsatkichi Yerning voyaga yetgan aholisi jon boshiga 56,5 ming dollarlik rekord darajaga yetdi.

Shu bilan birga, 2007 yildan beri badavlatlikning tengsiz taqsimlanishi ham ortib bormoqda.

Tahlilchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda Yerdagi eng boy odamlarning 1 foizi sayyoradagi davlatning 50,1 foiziga egalik qiladi. 2000-yillar boshida bu ko‘rsatkich 45,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2006-2008 yillarda 42,5 foizga tushib ketgan, biroq keyingi yillarda u faqat yuqoriga qarab o‘sib bordi.

Credit Suisse ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, keyingi besh yil davomida umumiy global farovonlik darajasi oshishda davom etadi. 2022 yilda umumiy davlat miqdori 341 trln. dollarlik ko‘rsatkichga yetadi. 

Mavzuga oid