Tojikistonda KXShT mashqlari nima sababdan o‘tkazilayotgani aytildi
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tezkor javob qaytarish kollektiv kuchlarining Tojikistondagi terrorchilikka qarshi mashqlari rejadan tashqari tarzda o‘tkazilmoqda. Ularga 5 ming harbiy jalb etilgan. Bu haqda Rossiya markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonlari, mashqlarga rahbarlik qilayotgan Vladimir Zarudnitskiy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
«Bu rejadan tashqari mashqlar bo‘lib, u Markaziy Osiyo mintaqasidagi bugungi harbiy-siyosiy vaziyat tufayli o‘tkazilmoqda. Bunda, birinchi navbatda, Suriya hamda Iroqdan IShID tufayli kelayotgan tahdid e'tiborga olingan», - deya aytib o‘tdi u.
Zarudnitskiyning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistondagi vaziyat alohida xavotirni keltirib chiqarmoqda. «Bu yerda IShID yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan strategiya nafaqat respublika, balki qo‘shni davlatlar xavfsizligiga ham tahdid uyg‘otadi. Mashqlarimiz asosida shu omillar bor», - deya aniqlik kiritdi u.
Tojikistonda 20 noyabrga qadar o‘tkaziladigan keng ko‘lamli mashqlarda KXShT davlatlarining (jumladan – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston) besh mingdan oshiq harbiylari ishtirok etmoqda, 1,5 mingdan ko‘proq harbiy texnika jalb etilgan.
Mavzuga oid
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
21:15 / 08.10.2024