Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) tezkor javob qaytariş kollektiv kuçlarining Tojikistondagi terrorçilikka qarşi maşqlari rejadan taşqari tarzda ötkazilmoqda. Ularga 5 ming harbiy jalb etilgan. Bu haqda Rossiya markaziy harbiy okrugi qöşinlari qömondonlari, maşqlarga rahbarlik qilayotgan Vladimir Zarudnitskiy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

«Bu rejadan taşqari maşqlar bölib, u Markaziy Osiyo mintaqasidagi bugungi harbiy-siyosiy vaziyat tufayli ötkazilmoqda. Bunda, birinçi navbatda, Suriya hamda Iroqdan IŞID tufayli kelayotgan tahdid e'tiborga olingan», - deya aytib ötdi u.

Zarudnitskiyning qöşimça qilişiça, Afğonistondagi vaziyat alohida xavotirni keltirib çiqarmoqda. «Bu yerda IŞID yetakçilari tomonidan amalga oşirilayotgan strategiya nafaqat respublika, balki qöşni davlatlar xavfsizligiga ham tahdid uyğotadi. Maşqlarimiz asosida şu omillar bor», - deya aniqlik kiritdi u.

Tojikistonda 20 noyabrga qadar ötkaziladigan keng kölamli maşqlarda KXŞT davlatlarining (jumladan – Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston) beş mingdan oşiq harbiylari iştirok etmoqda, 1,5 mingdan köproq harbiy texnika jalb etilgan.