Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi Hindiston smartfonlar bozorida yetakchilikni qo‘lga oldi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Hindiston smartfonlar bozorida yetakchiga aylandi, deb xabar bermoqda IDC tahliliy agentligi. Avvalgi yetakchi Samsung 2-o‘ringa tushgan.
Xiaomi vitse-prezidenti Manu Jyeynaning aytishicha, 2017 yilning 3-choragida kompaniya Hindistonda 9,2 mln ta smartfon sotgan va o‘tgan yilgi savdolarga nisbatan 300 foizlik o‘sishni namoyish qilgan. Statistikaga muvofiq, xitoyliklar va koreyslar bozorning deyarli teng ulushiga – 23,5 foiziga egalik qilmoqdalar.
Xiaomi’ning savdolar hajmi o‘sishiga smartfonlarining arzonligi asosiy omil bo‘lmoqda. Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, Xiaomi smartfonlarining Hindistondagi narxi 6 ming rupiydan 15 ming rupiygacha (65-230 dollar) turadi.
Oktyabr oxirida Hindistonda smartfonlar savdosi hajmi 23 foizga o‘sib, mamlakat bu borada AQShni ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yetakchilik hamon Xitoyga tegishli. 2017 yil 3-choragida Hindistonga Samsung, Xiaomi, Vivo, Oppo va Lenovo smartfonlaridan 40 mln dona olib kirilgan.
Mavzuga oid
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
00:15 / 04.01.2026
Xiaomi ayrim smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi
09:06 / 03.01.2026