Jahon | 09:41 / 17.11.2017
8238
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kambojaga tahdid qildi

Foto: Jonathan Ernst/Reuters

AQSh Kambojaga mamlakatdagi muxolif partiya tarqatib yuborilgani tufayli «aniq qadamlar» bilan tahdid qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Oq uy rasmiy vakili Sara Sandersning bayonotiga tayangan holda.

«Qo‘shma Shtatlar Kamboja hukumatining chuqur afsusga sabab bo‘layotgan harakatlariga javoban aniq choralar ko‘radi. Biz birinchi qadam sifatida Kambojaning saylovlarni o‘tkazish milliy qo‘mitasi va u tomonidan 2018 yilda milliy saylovlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatamiz. Hozirgi siyosat sharoitida kelasi yilgi saylovlar qonuniy, erkin yoki halol bo‘lmaydi», - deyiladi bayonotda.

Kamboja Oliy sudi mamlakatdagi muxolif Milliy qutqaruv partiyasini tarqatib yuborish haqida 16 noyabr, payshanba kuni qaror qabul qildi. Sud qaroriga ko‘ra, Milliy qutqaruv partiyasidan bo‘lgan barcha deputatlar parlament hamda mahalliy organlardagi mandatlaridan mahrum etiladi, partiyaning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari esa siyosiy faoliyatdan besh yilga chetlatiladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid