Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik qilmagan jinoyati uchun yarim asrlik hayotini panjara ortida o‘tkazdi
Xato tufayli hayotining 46 yilini qamoqda o‘tkazishga majbur bo‘lgan amerikalik Uilbert Jons unga chiqarilgan hukm bekor qilingandan keyin ozodlikka chiqdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Jons 1971 yilda 19 yoshida hamshirani o‘g‘irlash va uning nomusiga tegishda ayblanib qo‘lga olingan.
Qurbon Jonsni zo‘ravon sifatida ko‘rsatgan, biroq zo‘ravonning ovozi qo‘polroq bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan. Shunga qaramay, bu Jonsni jazolash uchun yetarli asos bo‘lgan. Sud jarayonidan 3 yil o‘tib Jons muddatdan avval ozodlikka chiqish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan.
Jonsga chiqarilgan hukmni bekor qilgan sudya Jonsning aybi isbotlanishi “bo‘sh” bo‘lganiga ishora qilgan.
Ta'kidlanishicha, 2008 yilda vafot etgan hamshira ham Jonsning ozod etilishiga qarshi bo‘lmagan.
Mavzuga oid
22:44 / 06.04.2026
AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni Kongo DR qabul qiladi
21:14 / 06.04.2026
Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi
09:37 / 06.04.2026
Zelenskiy: Ukraina AQSh uchun endi ustuvor emas
08:36 / 06.04.2026