Sport | 22:10 / 17.11.2017
10299
1 daqiqa o‘qiladi

Yarim oyga mo‘ljallangan JCh-2018 chiptalari 1 kunda sotilib ketdi

Foto: ESPN

JCh-2018 chiptalarining savdosi start olganidan so‘ng, ularning 98% miqdori yoki deyarli 160 mingtasi 24 soat ichida sotilib ketdi, deb xabar bermoqda Tjournal.

FIFA chiptalarga bo‘lgan talabni «juda yuqori» deb baholamoqda. Tashkilotchilar jahon chempionati o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishning bu qadar katta bo‘lishini kutmagan edi. Bu chiptalarning savdosi uchun 12 kun ajratilgan edi. Ammo ularning 98% miqdori bir kunda sotilib ketdi.

FIFA ma'lumotiga ko‘ra, chiptalarning 51% rossiyaliklarga, 49% boshqa mamlakat muxlislariga, asosan Argentina, Meksika, AQSh, Braziliya, Kolumbiya, Xitoy, Avstralii, Germaniya va Hindiston aholisiga nasib qildi.

Qizig‘i shundaki, hali musobaqaning qur'a tashlash marosimi o‘tkazilmadi va kim-kimga qarshi o‘ynashi ma'lum emas.

Mavzuga oid