Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 15:50 / 17.11.2017
12734
1 daqiqa o‘qiladi
Bitkoin yana rekordni «urdi»
Foto: Global Look Press
Bitkoin kursi 8000 AQSh dollariga qadar ko‘tarilib, yana bir rekord maksimumga yetdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Coindesk birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, bitkoin kursi 7,998.40 dollarga teng bo‘lgan.
O‘z navbatida, Bitfinex birjasida bitkoin 8 ming dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tdi va 8040 dollarni tashkil qildi.
Hozirgi paytga kelib esa bitkoin kursi 7,702.13 dollarga qadar tushdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 noyabr kuni bitkoin kursi «qulagandi».