Sönggi vaqtlarda kriptovalyutalar, ya'ni virtual pullar xususidagi xabarlar xalqaro moliyaviy ekspertlarning diqqat-markazida turibdi. Xalqaro Valyuta jamğarmasi direktorining sobiq örinbosari, ayni vaqtda Allianz suğurta va investitsiya kompaniyasi boş iqtisodiy maslahatçisi Muhammad Al Arian ham bu borada öz fikrini bildirdi.
Uning aytişiça, bitkoin valyuta emas, balki mahsulotdir. Çunki, u valyutaga lozim bölgan barqarorlikka erişa olgani yöq. CNBC telekanalining xabar qilişiça, Al Arian bu haqda Singapurda bölib ötgan Barclays Osiyo forumida bayonot bergan.
«Valyuta jamğarma va alşmaşuv vositasidir. Uning qiymati ham nisbiatan barqaror. Ammo bitkoin haqida bunday deb bölmaydi. U endigina barqarorlikka erişişga urinmoqda. Şunday ekan, u valyuta emas, balki mahsulotdir», — degan u.
Al Arian sentabr oyida ham bitkoin xususida fikr bildirib, Bitkoin öşa vaqtdagi qiymatidan (4 ming AQŞ dollari) yarmini taşkil etişi kerakligini aytgandi.
3 noyabrda esa bitkoin 7300 dollar atrofida sotildi. Umuman, joriy yilda kriptovalyutalar hukumatlar va yirik taşkilotlarning e'tiborini tortmoqda. Bitkoin atrofida esa, bozor iştirokçilari va jahonning yirik ekspertlari örtasida tortişuvlar davom etmoqda.
Xususan, JPMorgan Chase boş direktori Jyeyms Daymon bitkoinni «firibgarlik» deb atagan bölsa, milliarder Piter Til odamlar kriptovalyutaning «qadriga yetmayotgani»ni ta'kidladi.
Janubiy Koreya Markaziy banki ham bitkoin xususida qaraşiga oydinlik kiritgan va uni valyuta emas, mahsulot deb baholaşini aytgan edi.












