Jahonning eng maşhur virtual pul birligiga aylangan Bitkoin (bitcoin) 8 noyabr kungi birja savdolarida navbatdagi tarixiy körsatkiçiga erişdi va 7,8 ming dollarlik poğonadan oşdi. Bunga xardfork deb nomlangan valyutaning dasturiy kodiga özgartiriş kiritiş xususidagi SegWit2x rejasidan voz keçgani sabab böldi.

May oyida işga tuşirilgan taşabbus tarmoqning ötkaziş qobiliyatini kengaytirişni va bitkoinning qamrovini yaxşilaşni nazarda tutar edi. Avgust oyida işlab çiqaruvçilar jamoasi SegWit xardforki işga tuşirilganda ilk özgarişlarni amalga oşirişga muvaffaq bölgandi. Şundan beri jamoa ikkinçi bosqiçda bitkoin blokining hajmini 2Mbgaça oşirişni rejalaştirgandi. 

Bu rejalar bozorda xavotirlarga sabab böldi. Natijada Mayk Belş, Vanes Kasares, Jihan Vu, Jyeff Garzik, Piter Smit va Erik Vooris bitkoin-hamjamiyatga maktub yöllab, uni ikki guruhga ajratiş va ayri tizimga ötiş SegWit2x maqsadi bölmaganini e'lon qilişdi. Şu sababli 2Mb-xardfork bosqiçini töxtatişga qaror qilindi. 

Bitfinex birjasi ma'lumotlariga köra, kriptovalyuta kursi 8noyabr kuni Toşkent vaqti bilan 23:00 da 8,44 foizga kötarilib, 7,7 ming dollarga yetgan. Yangilik e'lon qilingaç, valyuta kursi 7,89 ming dollarga yetgan. Bu uning uçun tarixiy maksimum böldi. 

Şunday qilib, bitkoin kapitallaşuvi 124 mlrd dollarga yetdi. Kriptovalyutalar bozorining umumiy kapitallaşuvi 203,7 milliard dollarni taşkil etmoqda.