Sönggi vaqtlarda Bitkoin, virtual pul, kriptovalyutalar haqida turli xabarlar paydo bölmoqda. Ayniqsa, Bitcoin qiymati joriy yilning ötgan davri mobaynida bir neça marta ösgani köpçilikda uşbu valyuta, umuman kriptovalyutalar bozoriga nisbatan qiziqiş uyğotmoqda. Quyida bitkoinlar nima uçun işonçli ekani haqida 5 ta sabab bilan tanişişingiz mumkin. 

Moliya bozorining köplab ekspertlari birgina bitkoinning qisqa muddatda 1 ming dollardan 6 ming dollargaça qimmatlaşişini moliyaviy pufak alomati deb hisoblaşmoqda. Qayd etiş joizki, kriptovalyutalar qimmatlaşiş sur'ati sönggi marotaba 1990-yillar oxirida dotkomlar bilan yuz bergan holatga öxşab ketadi. Ammo bitkoinning poydevori köplab internet kompaniyalarnikiga qaraganda umuman boşqaça va kelajagi ham porloq deyiş mumkin.

1. Qonuniy almaştiriş vositasi

Bitkoinning şu vaqtgaça duç kelgan eng jiddiy muammosi qonunşunoslar va moliyaviy boşqarmalarning unga nisbatan işonçsizligi edi. Biroq hokimiyat qaraşi özgarib bormoqda. Yaponiya aprel oyida bitkoinni tölov vositasi sifatida rasmiylaştirdi. Bu esa uning qiymatini oşirdi va mamlakatda tarqalişini kengaytirdi. Filippin aholisi esa, pul ötkazmalarida aynan bitkoindan foydalanmoqda. Yaqin kelajakda bitkoin bu mamlakatlarda haqiqiy tölov vositasiga aylansa, ajab emas. 

2. Tijorat tuzilmalari tomonidan talab yuqoriligi

Bitkoinning ilk bosqiçlarida uni atigi bir neça dökon qabul qilar edi. Ammo hozirda vaziyat tubdan özgardi. Yetakçi texnologik kompaniyalar va internet dökonlarda ham bitkoinlar bilan tölovni amalga oşiriş mumkin. Bitkoin qiymatining ösişi va OAV e'tibori hamda Yaponiya kabi mamlakatlarda tan olinişi tijoriy tuzilmalarning kriptovalyutalarga qiziqişiga turtki berdi. Internet savdoda bitkoinni qöllaş foydasi ança kuçli: kredit kartalariga qaraganda kamroq foiz olinadi, tölovni qaytariş bilan boğliq firibgarlik ehtimoli deyarli nolga teng. Kriptovalyuta bank infratuzilmalari yaxşi rivojlanmagan mintaqalardagi xaridorlarni qamrab oliş imkonini beradi. Bitkoin qançalik keng tarqalsa, raqamli valyutaga bölgan talab şunçalik barqaror böladi. Uning savdo sohasida tarqalişi çeklangani e'tiborga olinsa, kelgusidagi imkoniyatlari juda ulkan deyiş mumkin. 

3. Muammoli iqtisodiyotga ega mamlakatlarda boylikni saqlaş vositasi

Raqamli valyuta hisoblanuvçi bitkoin nima uçun işonçli ekaniga yana bir sabab kriptovalyutaga iqtisodiy nosoğlom mamlakatlarda ham talab ösib bormoqda. Masalan, Venesuela, Boliviya va Zimbabveda bitkoindan boylik va jamğarmalarini saqlaşda foydalanişmoqda. Milliy valyutaning keskin qadrsizlanişi şaroitida muqobil tölov vositasi bölib xizmat qilmoqda.