Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada vertolyot va samolyot to‘qnashib ketdi
Buyuk Britaniyaning Bakingemshir grafligida vertolyot va yengil motorli samolyot to‘qnashib ketdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Londondan 30 km uzoqlikdagi Xay-Uikom shahri yaqinida yuz bergan. To‘qnashuv oqibatida vertolyotdagi 2 kishi va samolyotdagi 2 kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozircha ularning jasadlari aniqlanmagan. Voqea o‘rmon hududi ustida yuz bergan.
Ma'lum qilinishicha, vertolyot va samolyotning bo‘laklarini mahalliy aholi topgan. Ular gumburlagan ovozni eshitishgan. Parvoz qurilmalari voqea joyi yaqinida joylashgan Wycombe Air Park aerodromiga biriktirilgan bo‘lgan. Aerodrom parvoz qurilmalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatgan.
Voqea haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 12:06da olingan. Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari va shoshilinch xizmatlar xodimlari yo‘l olishgan. Politsiya voqea joyini qurshab olgan.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:49 / 15.06.2026