Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Erdo‘g‘anni “dushman” sifatida belgilagani yirik mojaroga sabab bo‘ldi
NATOning Norvegiyada o‘tayotgan mashg‘ulotlarida mojaroli vaziyat kelib chiqdi. NATO vakillari “shartli raqiblar” suratlari tasvirlangan stendda Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning suratlarini joylashtirishgan.
“Ular “dushmanlar” suratlari tasvirlangan stendni o‘rnatishibdi, unda Otaturk va men ham borman”, deb aytgan Erdo‘g‘an o‘zi boshchilik qiladigan Adolat va taraqqiyot partiyasi hududiy bo‘limlari rahbarlari oldidagi nutqida.
Shundan keyin Anqara ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan 40 nafar turkiyalik harbiyni ortga qaytarishga qaror qilgan. Erdo‘g‘anning aytishicha, ushbu qarorni Turkiya bosh shtabi voqeadan xabar topgandan keyin qabul qilgan. Mamlakat rahbariyati bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan.
Erdo‘g‘an bu stend olib tashlansa ham qarorini o‘zgartirmasligini aytgan, chunki NATOning bunday xatti-harakatlari “ittifoqdoshlik tushunchasiga ziddir”.
Norvegiyadagi mashg‘ulotlar 1 noyabrda boshlangan va 18 noyabrgacha davom etadi.
Turkiya 1952 yildan beri NATO a'zosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:06 / 27.01.2026
NATO bosh kotibi Ryutte: Yevropa AQShsiz o‘zini himoya qila olmaydi
09:47 / 26.01.2026
Pistorius: Tramp NATO askarlari haqidagi so‘zlari uchun kechirim so‘rashi kerak
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
21:32 / 23.01.2026