Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada bitkoinlarni o‘margan shaxslarga qarshi ilk bor politsiya amaliyoti o‘tkazildi
Turkiya politsiyasi Istanbulda mahalliy tadbirkordan 450 bitkoinni o‘g‘irlab ketgan jinoyatchilarga qarshi mamlakatdagi ilk amaliyotni o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Haberturk telekanali.
Xabarga ko‘ra, besh nafar o‘g‘ri o‘zini politsiyachi sifatida tanishtirib, qurbonni mashinaga o‘tirishga majburlagan hamda to‘pponcha bilan kriptovalyutadagi hisobga maxfiy so‘zni so‘rab tahdid qilgan. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar uni mashinada 8 soat davomida ushlab turishgan va unga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qo‘llashgan. Yakunda ular 450 bitkoinni qo‘lga kiritishdi (taxminan 3,5 mln. dollar).
Jabrlanuvchi politsiyaga murojaat qildi, tegishli xodimlar videokuzatuv kameralaridan ma'lumotlarni o‘rganib, amaliyot o‘tkazishdi hamda besh jinoyatchini ushlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, ulardan biri qamoqdan qochgani uchun qidiruvda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bitkoin yana rekordni «urgani» xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026