Jahon | 00:04 / 18.11.2017
5312
1 daqiqa o‘qiladi
Yamanda aviazarba oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Yaman g‘arbidagi Hajja viloyatida aviazarba bilan savdo majmuasi vayron qilindi. Aviazarba oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan.
“RIA Novosti” axborot agentligining ma'lum qilishicha, zarbani Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi amalga oshirgan.
“Koalitsiya aviatsiyasi savdo majmuasiga zarba bergan. Bu vaqtda uning ichida ko‘plab xaridorlar va sotuvchilar bo‘lgan. Zarba oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, katta moddiy zarar yetkazilgan”, deb aytdi manbalardan biri.
Koalitsiyada bu ma'lumotga hech qanday izoh berilmagan.
Mavzuga oid
11:20 / 11.11.2024
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
12:37 / 27.07.2024
AQSh husiychilarning uchuvchisiz uchoqlari va dengiz dronlari yo‘q qilinganini bildirdi
08:30 / 21.07.2024
Isroil Yamanga zarba berdi, qurbonlar bor
23:45 / 03.05.2024