Dunyoning eng unvondor og‘ir atletikachisi hayotdan ko‘z yumdi
Og‘ir atletika bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni Naim Sulaymono‘g‘lu 50 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Sportchi jigar bilan muammodan davolanayotgan shifoxonada vafot etgan. Sentyabrda Sulaymono‘g‘lu jigar sirrozi gumoni bilan shifoxonaga tushgan, 11 noyabrda esa operatsiya qilingan.
Sulaymono‘g‘lu 1967 yilda Bolgariyada tug‘ilgan. U musobaqalarda Bolgariya uchun 1986 yilgacha ishtirok etgan. 1987 yilda Turkiya fuqaroligini olgan. Shundan keyin u 1988, 1992 yillardagi Olimpiya o‘yinlarida 60 kg gacha, 1996 yilda esa 64 kg gacha vazn toifasida Olimpiya chempioni bo‘lgan. Sportchi Turkiya safida 5 karra jahon chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.
Sulaymono‘g‘lu og‘ir atletikada eng unvondor sportchi hisoblanadi. U faoliyati davomida 46 ta jahon rekordini o‘rnatgan.
Mavzuga oid
20:45 / 15.03.2024
Erkaklar va ayollar o‘rtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi
08:53 / 07.12.2023
Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi
15:23 / 04.12.2023
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
13:16 / 13.05.2023